ИЖОДИЙ УЧРАШУВЛАР ВА МАҲОРАТ ДАРСЛАР
ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ВА БАСТАКОРЛАРИ УЮШМАСИ

 

АНОНС

Дш Сш Чш Пш Ж Ш Як
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

#hududlarda_tadbirlar_Qashqadaryo_viloyati
#ijodiy_uchrashuv_B_Jilkibayev

Joriy yilning 26-aprel kuni Qarshi shahar 1-son Bolalar musiqa va san'at maktabida O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, Xalq ta'limi a'lochisi, oliy toifali o‘qituvchi, bastakor Batir Jilkibayev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Surxondaryo viloyatidan tashrif buyurgan bastakor uchrashuv davomida o‘z mehnat faoliyati, ijodiy yutuqlari, fortepiano cholg‘usi uchun yaratgan musiqiy asarlari haqida tomoshabinlarga qisqacha so‘zlab berdi. Uchrashuv so‘ngida B.Jilkibayev tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga o‘zining yangi chop etilgan asarlar to‘plamlarini sovg‘a qildilar.