ИЖОДИЙ УЧРАШУВЛАР ВА МАҲОРАТ ДАРСЛАР
ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ВА БАСТАКОРЛАРИ УЮШМАСИ

 

АНОНС

Дш Сш Чш Пш Ж Ш Як
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

#tadbir_F_Nazarov_Sh_Berdixanova_Sh_Xolmatov

Bugun, 31-mart kuni O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida "Ijodimiz senga, Vatan" turkumidan yosh ijodkorlar, uyushma a'zolari - Respublika va xalqaro tanlovlar sovrindori, Termiz davlat universiteti "Musiqa ta'limi" kafedrasi o‘qituvchisi, kompozitor FARXODJON NAZAROV hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati instituti "O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi" kafedrasi mudiri, san'atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), musiqashunos SHAXIDA BERDIXANOVA bilan IJODIY UCHRASHUV bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yosh kompozitor TerDU "Musiqa ta'limi" kafedrasi o‘qituvchisi, Respublika va xalqaro tanlovlar sovrindori, mohir ijrochi SHERZOD XOLMATOV bilan birgalikda o‘zining fortepiano hamda vokal asarlarini tinglovchilar e'tiboriga havola etdi. Musiqashunos olima Sh.Berdixanova esa “Qoraqalpoq dostonlarining metroritmik asoslari” mavzusida ma'ruza qildilar, so‘ng Yu.Rajabiy nomidagi O‘zMMSI talabalari o‘zlarining baxshichilik va dostonchilik yo‘nalishidagi musiqiy chiqishlari bilan tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.