ИЖОДИЙ УЧРАШУВЛАР ВА МАҲОРАТ ДАРСЛАР
ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ВА БАСТАКОРЛАРИ УЮШМАСИ

 

АНОНС

Дш Сш Чш Пш Ж Ш Як
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

Joriy yilning 21-dekabrida musiqa madaniyatini keng targ‘ib qilish, professional ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Yoshi ulug‘ kompozitorlar va musiqashunoslar, san'atkor va san'atshunoslar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ustozlar Kasaba uyushmasi tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbirning ikkinchi qismida taniqli ssenarist, dramaturg Jasur Isxoqovning "Noch jyoltoy luni" va Mastura Ishoqovaning "Imya v istorii. XX vek. Uzbekistan" kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taniqli san'atkorlar kitoblar mualliflari haqida o‘z fikrlarini bayon etdilar, xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar. Adabiy badiiy kecha kuy va qo‘shiqlar sadolari bilan yanada boy va qiziqarli o‘tdi. Do‘stona uchrashuv tadbir ishtirokchilari uchun o‘ziga xos bayramga aylandi.