ИЖОДИЙ УЧРАШУВЛАР ВА МАҲОРАТ ДАРСЛАР
ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ВА БАСТАКОРЛАРИ УЮШМАСИ

 

АНОНС

Дш Сш Чш Пш Ж Ш Як
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

#ijodiy_uchrashuv_R_Abdullayev
#Konstitutsiya_Madhiya_31_yilligi

Joriy yilning 12-dekabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitetning “Musiqa madaniyati” fakulteti "Musiqa nazariyasi va metodikasi" kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida tashkil etilgan bo‘lib, unda asosiy mehmonlardan biri sifatida O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, kompozitor, professor Rustam Abdullayev faol ishtirok etdilar va Bosh qomusimiz hamda Madhiyamiz qabul qilinishiga doir qiziqarli fikrlar va mulohazalar bilan bo‘lishdilar.