ИЖОДИЙ УЧРАШУВЛАР ВА МАҲОРАТ ДАРСЛАР
ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ВА БАСТАКОРЛАРИ УЮШМАСИ

 

АНОНС

Дш Сш Чш Пш Ж Ш Як
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

#ijodiy_kecha_Farida_Afro‘z

Joriy yilning 20-sentyabrida O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat va san'at masalalari qo‘mitasi a'zosi - "Shuhrat" medali, "Do‘stlik" ordeni sohibasi, taniqli shoira Farida Afro‘z ijodiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi. Dasturda shoiraning she'rlariga bastalangan vokal asarlar yangradi. Xususan, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, Davlat mukofori sovrindori, kompozitor, professor Rustam Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat va san'at masalalari qo‘mitasi a'zosi, "Zulfiya" davlat mukofoti sovrindori, "Do‘stlik" ordeni sohibasi, kompozitor, professor Oydin Abdullayeva hamda ularning shogirdi, Respublika va xalqaro tanlovlar sovrindori, yosh kompozitor Behzodbek Tursunboyev tomonidan yaratilgan romans va qo‘shiqlar barcha tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. Shuningdek, shoiraning hamkasblari, yaqinlari va shogirdlari ishtirokida mushoira dasturni davom ettirdi.