КОНЦЕРТЛАР
ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ВА БАСТАКОРЛАРИ УЮШМАСИ

 

АНОНС

Дш Сш Чш Пш Ж Ш Як
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

#dostlik_uchrashuv_konsertlari

Joriy yilning 12-oktyabr kuni O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda Tojikiston kompozitorlari uyushmasi hamkorligida O‘zbekiston va Tojikiston Respublikalari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligi munosabati bilan O'zbekiston davlat konservatoriyasida Tojikiston kompozitorlari bilan uchrashuv va mahorat darsi bo'lib o'tdi. Do'stona muhitda o'tgan uchrashuv konservatoriyaning Organ zalida tashkil etilgan "Nasimi do'sti" konsertiga ulanib ketdi. Konsertda O'zbekiston va Tojikiston kompozitorlarining kamer asarlarini mahoratli xonanda va sozandalar ijro etdilar. Tadbir yakunida navbatdagi do'stlik uchrashuvlari Tojikiston zaminida bo'lib o'tishi va ikki qardosh xalqning musiqasi do'stlarimiz yurtida yangrashi kelishib olindi. Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzodaning bevosita yordamida tashkil etilgan Uyushmalar orasida imzolangan hamkorlik Memorandumi, o‘tkazilgan konsertlar va mahorat darslari ikki xalk orasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarining yanada mustaxkamlanishiga omil bo‘ldi.