ТАНЛОВЛАР
ЎЗБЕКИСТОН КОМПОЗИТОРЛАРИ ВА БАСТАКОРЛАРИ УЮШМАСИ

 

АНОНС

Дш Сш Чш Пш Ж Ш Як
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30

#Qaldirğoch_II_Respublika_bolalar_musiqa_ijodkorlari_tanlovi_2023

Bugun, 30-may kuni O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida "QALDIRG‘OCH" II-Respublika bolalar musiqa ijodkorlari tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi va gala konsert bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda O‘zbekiston Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamkorligida, "1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" arafasida o‘tkazilgan tadbir ijodkor bolajonlar uchun haqiqiy bayramga aylandi.
Tadbirda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi Rustam Abdullayev va O‘zbekiston Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Shuhrat Dehqonov so‘zga chiqib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev va Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ulkan ishlar, bugun ikkinchi marotaba o‘tkazilgan tanlov yurtimizda taraqqiyot strategiyasi, yoshlar siyosati yo‘lida Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan muhim qadamlardan ekanligini qayd etdilar. Musiqa ijodi dunyosiga ilk qadamlarini qo‘ygan "qaldirg‘ch"larimiz kelajakda musiqa san'ati ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildirdilar. Shuningdek, bolajonlar bilan bir qatorda tanlovni tashkil etishda yaqindan yordam ko‘rsatgan tashkilotlar vakillari hamda uztozlar ham tashakkurnoma va mahsus sovg‘alar bilan taqdirlandilar.