#tanlov_M_Ashrafiy_taqdirlash_marosimi

Bugun, 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik liseyida Muxtor Ashrafiy tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan yosh kompozitorlar kamer asarlari respublika tanlovi g‘oliblarini TAQDIRLASH MAROSIMI VA GALA-KONSERT bo‘lib o‘tdi.
Tanlov natijasiga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:

I o‘rin: Safarov Akmal Umar o‘g‘li

II o‘rin: Mullayev Alim Karimovich

III o‘rin: Karimov Ulug‘bek Shokirjon o‘g‘li

Tadbirda tanlov g‘oliblari bilan bir qatorda barcha ishtirokchilar diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar. So‘ng kamer asarlaridan tayyorlangan kichik konsert tomoshabinlar e'tiboriga havola etildi.